Alifbo oʻzgardimi?

Ha — qonun imzolandi. Yangi alifbo 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi.

Prezident OʻRQ-1184-son qonunni 2026-yil 21-oktabrda imzoladi va u shu kuni rasmiy eʼlon qilindi. Qonun eʼlon qilinganidan olti oy oʻtib kuchga kiradi. Amaldagi alifboda berilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qogʻozlar kuchini saqlaydi.

Kuchga kirish sanasi:

Holat tekshirilgan sana:

Yangi alifbo qachon kuchga kiradi?

Yangi alifbo 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi: OʻRQ-1184-son qonun 2026-yil 21-oktabrda rasmiy eʼlon qilingan va eʼlon qilinganidan olti oy oʻtib kuchga kiradi.

Qanday boʻldi va keyin nima boʻladi

  1. 2026-yil 7-iyul

    Qonunchilik palatasi lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini oʻzgartirish haqidagi qonunni qabul qildi.

  2. 2026-yil 10-sentabr

    Senat qonunni maʼqullab, Prezidentga yubordi.

  3. 2026-yil 21-oktabr

    Prezident qonunni Oʻzbek tili bayrami kunida imzoladi.

  4. 2026-yil dekabr oxirigacha

    Vazirlar Mahkamasi qonunni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlaydi; qonun bunga ikki oy muddat bergan.

  5. 2027-yil 22-aprel

    Qonun rasmiy eʼlon qilinganidan olti oy oʻtib kuchga kiradi.

  6. Kuchga kirgach

    OAV, davlat organlari va rasmiy yozishmalar yangi alifboga oʻtadi. Amaldagi alifboda berilgan hujjatlar kuchini saqlaydi; shaxsiy yozishmalarda tanlov erkin.

  7. 2027/28 oʻquv yili

    1-sinf darsliklari yangi alifboda chop etiladi.

  8. 2031

    Barcha maktab darsliklari yangi alifboga oʻtkaziladi.

Manbalar

2026-yilgi islohot · Oʻzbek alifbosi · ö ğ ş ç harflarini yozish · Oʻgirish