Yangi alifboga oʻgirish: qiyin holatlar

sh ni harfma-harf ş ga almashtirish koʻp joyda xato beradi. Quyida Alfavit hal qiladigan holatlar va oʻgirgich bugun beradigan natija koʻrsatilgan.

sh — s va h boʻlganda

Ishoq, mushaf kabi roʻyxatdagi soʻzlarda s va h alohida tovush. Alfavit ularni apostrof bilan ham, apostrofsiz ham va har qanday qoʻshimcha bilan alohida saqlaydi.

Siz yozasizAlfavit beradi
IshoqIshoq
Is'hoqIshoq
MushafniMushafni

Har xil apostroflar

oʻ va gʻ ni oddiy tirnoq, egri tirnoq, orqa tirnoq yoki toʻgʻri belgi bilan yozishadi. Alfavit hammasini taniydi.

Siz yozasizAlfavit beradi
o'zbeközbek
o’zbeközbek
o‘zbeközbek
o`zbeközbek
g'oyağoya

Tutuq belgisi

Kirilldagi ъ yoki eski lotindagi apostrof yangi alifbodagi yagona ʼ belgisiga aylanadi.

Siz yozasizAlfavit beradi
маъноmaʼno
санъатsanʼat
ma'nomaʼno

ng oʻzgarmaydi

ng endi alohida harf hisoblanmaydi, lekin n + g boʻlib yozilaveradi.

Siz yozasizAlfavit beradi
mingming
tongtong
dengizdengiz

Bosh harflar

Bosh harf bosh harfligicha qoladi: SH ham, Sh ham Ş boʻladi.

Siz yozasizAlfavit beradi
SHAHARŞAHAR
ShaharŞahar
O‘ZBEKISTONÖZBEKISTON
CHOYÇOY
ЁШЛАРYOŞLAR

Bir matnda kirill va lotin

Alfavit har bir qismni oʻz yozuvidan oʻgiradi, shuning uchun aralash matn ham toʻgʻri chiqadi.

Siz yozasizAlfavit beradi
Тошкент va SamarqandToşkent va Samarqand

Kirilldagi е: ye yoki e

Alfavit е ni soʻz boshida va unlidan keyin ye, undoshdan keyin e deb yozadi.

Siz yozasizAlfavit beradi
ерyer
телефонtelefon
ҳечheç
поездpoyezd
ЕвропаYevropa

Kirilldagi ц

ц s boʻladi (sirk, milisiya); API oʻzlashma soʻzlar uchun c ni muqobil sifatida belgilaydi.

Siz yozasizAlfavit beradi
циркsirk
милицияmilisiya

Veb-manzillar, e-pochta va @nomlar

Ular yozilganidek qoladi, havolalar ishlayveradi.

Siz yozasizAlfavit beradi
www.shahar.uzwww.shahar.uz
[email protected][email protected]
@shahar_news@shahar_news

Xorijiy soʻzlar

Washington kabi oʻzbek lotinida yozib boʻlmaydigan soʻzlar oʻz holicha qoladi; ulardan keyingi oʻzbekcha qoʻshimcha esa oʻgiriladi.

Siz yozasizAlfavit beradi
WashingtonWashington
Facebook’daFacebookʼda
Boshlash